platina.uz
Siyosat

"Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi murojaatnoma asosida yangitdan tayyorlandi

Global iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar, sunʼiy intellekt rivoji, aholi ehtiyojlarining yangilanib borayotgani strategiyani yangilashda muhim omil boʻldi. 

Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining yangilangan loyihasi yuzasidan OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda strategiyani qayta koʻrib chiqish zarurati, erishilgan natijalar hamda kelgusi yillarga moʻljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Matbuot anjumanida soʻnggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida erishilgan koʻrsatkichlar qayd etildi. Jumladan, kambagʻallik va ishsizlik darajasining pasaygani, yalpi ichki mahsulot, eksport va investitsiyalar hajmining oshgani taʼkidlandi. Shuningdek, aholining oʻsishi, taʼlim qamrovining kengayishi va xalqaro aloqalar mustahkamlangani alohida eʼtirof etildi.

Yigʻilishda global iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt rivoji, aholi ehtiyojlarining yangilanib borayotgani strategiyani yangilashda muhim omil boʻlgani aytildi. Shu asosda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqilgani maʼlum qilindi.

Anjumanda strategiyada belgilangan maqsad va koʻrsatkichlar aniq va oʻlchanadigan shaklda belgilangani, ularning bajarilishi yilma-yil rejalashtirilgani, vazirlik va idoralar masʼuliyati hamda moliyaviy manbalar aniqlashtirilgani qayd etildi.

Shuningdek, mazkur hujjat keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilib, kelib tushadigan taklif va fikrlar asosida yanada takomillashtirilishi bildirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid