Kontent markazi vakillari faxriy jurnalistlarni yoʻqladi
Uchrashuvlar davomida faxriylar bilan samimiy muloqot ham boʻlib oʻtdi.

Bugun Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi vakillari oʻzbek jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan, sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar holidan xabar oldi.
"Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va soha faxriylari doimo Prezident eʼtiborida. Shuning uchun ularning mehnatini munosib qadrlash, ijtimoiy mavqeini mustahkamlash hamda kasbiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi", deyiladi xabarda.
Uchrashuvlar davomida faxriylar bilan samimiy muloqot boʻlib oʻtdi. Unda ularning boy tajribasi, kasbiy faoliyati davomida orttirgan saboqlari va yosh avlod jurnalistlarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻz umrini soʻz va haqiqatga, jamiyat manfaatlariga xizmat qilishga bagʻishlagan ustoz jurnalistlarni eʼzozlash va qoʻllab-quvvatlash bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.