Toshkent shahar hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
Sirdaryo viloyatida esa Boyovut tumaniga hokim tasdiqlandi.

Baxtiyev Abdurahmon Abdurashidovich Toshkent shahar hokimining transport va yoʻl infratuzilmasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abdurahmon Baxtiyev 1984 yilda tugʻilgan.
Maʼlumoti oliy 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yilda Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetini tamomlagan.
2019 yildan Prezident Administratsiyasida masʼul xodim lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, Boyovut tumanida boʻlib oʻtayotgan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida yana bir tashkiliy masala koʻrildi.
Deputatlar tomonidan Xazratqulov Niyoz Namazboyevich Boyovut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Niyoz Xazratqulov 1983 yilda Sirdaryo tumanida tavallud topgan. Ushbu tayinlovga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan. Dilfuza Qambarova Shirin shahar hokimi boʻlgandi.