platina.uz
Jamiyat

Muzaffar Abdulllayev Uychi tumani hokimi etib tayinlandi

Bungacha Shuhrat Musayev tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi. 

Muzaffar Abdulllayev Uychi tumani hokimi etib tayinlandi
Foto: Namangan viloyati hokimligi.

Abdullayev Muzaffar Abdugʻaniyevich Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.

Bugun xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Musayev Shuhrat Mirsodiqovichni Uychi tumani hokimi vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqladilar.

Shuningdek, viloyat hokimining Abdullayev Muzaffar Abdugʻaniyevichni Uychi tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori bir ovozdan maʼqullandi.

Avvalroq Adham Karabayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid