Metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga oʻtadi
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonda havo harorati biroz koʻtarildi.

Ertaga, 30 dekabr soat 09:00 dan boshlab Respublika hududidagi barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi.
Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Shuni inobatga olgan holda, avtotransport vositalari egalari yoqilgʻi quyishni ertadan boshlab kun davomida, shu jumladan tungi soatlarda ham oʻzlariga qulay vaqtlarda, navbatlarni yuzaga keltirmagan holda amalga oshirishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 12 dekabrdan boshlab zapravkalarda cheklov oʻrnatilgandi. Oʻshanda Qoʻshni davlatda yuz bergan texnogen ofat oqibatida Oʻzbekistonga gaz importi vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgandi.