platina.uz
Jamiyat

Ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini 60 foizgacha oshiriladi

Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega ilmiy yoʻnalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini 60 foizgacha oshiriladi

Fanlar akademiyasi faoliyati takomillashtiriladi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–390-son, 27.12.2025 y.) qabul qilindi.

Ushbu qarorni qabul qilishning asosiy maqsadlari quyidagilarni amalga oshirish orqali Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish hisoblanadi:

- yangi ilmiy ishlanmalar soni va tijoratlashtirishdan olinadigan mablagʻlar hajmini 3 baravarga oshirish;

- ilmiy xodimlar tarkibida yoshlar ulushini 60 foizgacha oshirish;

- xorijiy mamlakatlarda faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy diasporani Oʻzbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilish.

Qarorga koʻra, Fanlar akademiyasining yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Fan va sanoat integratsiyasi kengashi tashkil etiladi.

2026 yildan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi barcha ilmiy loyihalarning sifatini oshirish maqsadida ularni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ilmiy-texnik kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasi taklifiga asosan hamrais nomzodi kiritiladi.

2026 yil 1 apreldan Fanlar akademiyasi oʻz tizimidagi ilmiy muassasalarda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) va ilmiy muassasalar faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimini joriy etadi.

2026 yil 1 yanvardan ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va strategik ahamiyatga ega ilmiy yoʻnalishlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi tashkil etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid