Dilfuza Qambarova Shirin shahar hokimi boʻldi
2023 yil noyabridan beri shaharni Niyoz Hazratqulov boshqargan.

Dilfuza Qambarova Shirin shahar hokimi etib tayinlandi.
Shirin shahrida boʻlib oʻtayotgan Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida yana bir tashkiliy masala koʻrildi.
Deputatlar tomonidan Kambarova Dilfuza Yigitaliyevna Shirin shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Dilfuza Kambarova 1975 yilda Guliston shahrida tavallud topgan. Ushbu tayinlovga qadar aksiyadorlik-tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy markazi Ayollar tadbirkorligini qoʻllab quvvatlash boʻyicha mintaqaviy markaz boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
2023 yil noyabridan beri Shirin shahrini Niyoz Hazratqulov boshqargan.