Adham Karabayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi
Avval bu lavozimda Jobir Abdullayev ishlab kelgan.

Yangi Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Bugun xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda tashkiliy masala koʻrildi.
Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Abdullayev Jobir Sharifovichni Yangi Namangan tumani hokimi vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqladilar.
Shuningdek, Karabayev Adham Jakbaraliyevichni Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qaror bir ovozdan maʼqullandi.