Xonanda Rahmatillo Yusupov vafot etdi
U "Ketgim kelmayapti onajon"," Kelinchak" kabi qoʻshiqlar bilan tanilgandi.

Xonanda Rahmatillo Yusupov vafot etdi.
Uning oʻlimiga uzoq davom etgan ogʻir kasallik sabab boʻlgan. Rahmatillo Yusupov 1981 yil, 15 sentabr kuni, Fargʻona viloyatida dunyoga kelgan. 100 dan ortiq mualliflik qoʻshiqlari bor. Oilali, ikki farzandning otasi boʻlgan.
U "Ketgim kelmayapti onajon"," Kelinchak" kabi qoʻshiqlar bilan tanilgandi.
Xonanda Rahmatillo Yusupov ijod yoʻli, imiji, qoʻshiqlari Oxunjon Madaliyevga juda ham oʻxshagani sababli muxlislari uni "ikkinchi Oxunjon Madaliyev" deb eʼtirof etishgan.