Tuman hokimlarining qurilish boʻyicha oʻrinbosarlariga yangi vakolat beriladi
2026 yil 1 yanvardan tuman(shahar)lar byudjetlari xarajatlarini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

2026 yil 1 yanvardan tuman(shahar)lar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida tuman(shahar)lar obodonlashtirish boshqarmalari boshligʻi hisoblanadi.
26 ldekabr kuni “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi jamgʻarmalar va mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalari mablagʻlarining boʻsh turgan qismini auksion orqali tijorat banklarida depozitga qoʻyish hisobiga qoʻshimcha daromad topishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan tuman(shahar)lar byudjetlari xarajatlarini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2026 yil 1 apreldan shahar obodonlashtirish boshqarmalariga biriktirilgan hududlarga ular tomonidan yetishtirilgan mavsumiy gul koʻchatlari ekilishi choralari koʻriladi.
Bunda mazkur tartib 2027 yildan respublikaning barcha hududlaridagi obodonlashtirish boshqarmalarida joriy etiladi.