Oʻzbekiston ilk bor oʻz sunʼiy yoʻldoshini ishga tushirmoqchi
Ilk marta oʻzbek fazogirini fazoga uchirishga ham tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Oʻzbekiston ilk bor oʻzining sunʼiy yoʻldoshi va fazogirini kosmosga uchirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida ushbu yangilikni eʼlon qildi.
“Mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sunʼiy yoʻldosh va birinchi oʻzbek fazogirini uchirish boʻyicha ishlarni boshladik. Bu – Yangi Oʻzbekistonning ilmiy, texnologik rivojlanishi, umuman milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi, deb ishonch bilan ayta olaman”, - dedi davlat rahbari.
Shuningdek, 2028 yil Samarqandda “Xalqaro astronavtika kongressi”ni oʻtkazish boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrilayotgani taʼkidlandi.