Oʻzbekiston eksportidagi yetakchi davlatlar maʼlum qilindi
11 oyda eksport hajmi 30,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Rossiya va Xitoy yuqori oʻrinlarni egalladi.

Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ochiqlandi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 30,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 26,2 % ga yuqori.
Mazkur davrda Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan TOP-10 davlatlar (AQSh dollarida):
Rossiya – 4 mlrd
Xitoy – 1,9 mlrd
Afgʻoniston – 1,3 mlrd
Qozogʻiston – 1,3 mlrd
Turkiya – 1 mlrd
Fransiya – 775,8 mln
BAA – 642,7 mln
Qirgʻiz R. – 560,4 mln
Tojikiston – 531,8 mln
Pokiston – 321,8 mln.
2025 yil yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.