platina.uz
Jamiyat

Narko-jinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantiriladi

Bu yil 14 mingdan ziyod giyohvandlik jinoyati qayd qilingan. Ularning 3 mingga yaqinini yoshlar sodir etgan. 

Narko-jinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantiriladi

Prezident topshirigʻi bilan narko-jinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida giyohvandlik va narko-jinoyatlarga qarshi kurashish masalasida qatʼiy choralar koʻrish, buning uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini maʼlum qildi.

“Bu yil 14 mingdan ziyod giyohvandlik jinoyati qayd qilingan. Ularning 3 mingga yaqinini yoshlar sodir etgani – barchamizni jiddiy oʻylantirishi kerak.

Narkotik savdolari transchegaraviy va virtual xarakterga ega boʻlib bormoqda. Bular esa jinoyatlarni aniqlashning yangi usullarini qoʻllashni, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni puxta egallashni talab qiladi”, - dedi davlat rahbari.

Endilikda narko-jinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu ogʻuga murosasiz muhit yaratilishi qatʼiy taʼkidlandi.

“Giyohvandlikni tag-tomiri bilan butkul yoʻqotish, yoshlarimizda kuchli maʼnaviy-ruhiy immunitetni shakllantirish boʻyicha barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz!

Giyohvandlik va narko-jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha respublika ishchi guruhi davlat idoralarining barcha salohiyatini ishga solib, kelgusi yilda narkotiklar manbasiga chek qoʻyish, ularni isteʼmol qiluvchilarni erta davolash, tarbiyalab, jamiyatga qaytarish boʻyicha yaxlit tizim yaratsin", dedi prezident.

Davlat rahbari belgilab bergan qatʼiy pozitsiya bu illatga nisbatan murosasiz jamiyat barpo etishga qaratilgan umummilliy chaqiriqdir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid