platina.uz
Iqtisod

Mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga 2026 yilda 7,5 trillion soʻm resurs ajratiladi

Har bir mahallada 40 tadan mikro loyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish moʻljallangan. 

Mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga 2026 yilda 7,5 trillion soʻm resurs ajratiladi

2026 yili “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trillion soʻm kredit beriladi.

Kredit foizining milliy valyutada 10 foizgacha, xorijiy valyutada 4 foizgacha qismi Tadbirkorlik kompaniyasidan qoplab beriladi.

Natijada mahallalarda 100 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Har bir mahallada 40 tadan mikro loyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga 2026 yilda yana 7,5 trillion soʻm resurs ajratiladi.

Yangi yilda mahallalardagi aholini, xususan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, buning uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha uch yillik dastur qabul qilinib, bunga 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

Mahalla yoshlarining kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida maktab kutubxonalari har yili 10 million dona badiiy adabiyotlar bilan taʼminlab boriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid