platina.uz
Jamiyat

Rossiyadan kelayotgan mashinada katta miqdorda narkotik topildi

“Navoiy” chegara bojxona postiga Qozogʻistondan kirgan mashina tekshirilgan. Transportda sintetik narkotik moddasi borligi maʼlum boʻldi. 

Rossiyadan kelayotgan mashinada katta miqdorda narkotik topildi

Rossiyadan olib kelinayotgan narkotik modda toʻxtatib qolindi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Rossiya Federatsiyasidan olib kelinayotgan narkotik modda toʻxtatib qolindi.

Xususan, Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona postiga Qozogʻiston Respublikasidan kirib kelgan, Buxoro shahrida yashovchi, 2000 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lada Largus” avtotransport vositasi tegishli tartibda tekshiruvdan oʻtkazildi.

Natijada avtomashina yukxonasida boʻlgan “Gazel” rusumli transport vositasi uchun moʻljallangan uzatmalar qutisi (korobka peredach) ichida xufiyona tarzda yashirilgan, 5 dona oʻramdagi, umumiy ogʻirligi 2 kg 300 grammni tashkil qiluvchi “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi maʼlum boʻldi.

Aniqlanishicha, “Oʻzbekiston – Rossiya” yoʻnalishida kirakashlik bilan shugʻullanuvchi mazkur fuqaro ushbu avtoehtiyot qismni Toshkent viloyatida kutib turgan, 2000 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan shaxsga yetkazishi maʼlum boʻlib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda buyurtmani qabul qilib olgan vaqtida u ham qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish...) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid