platina.uz
Jamiyat

Qamoqdan qochib, 9 yashar qizni zoʻrlagan shaxs 18 yilga qamaldi

Sudlanuvchi jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada, qolgan muddatni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtashi belgilandi. 

Qamoqdan qochib, 9 yashar qizni zoʻrlagan shaxs 18 yilga qamaldi

Toshkent viloyatida qamoqdan qochib, 9 yashar qizni zoʻrlagan shaxs 18 yilga qamaldi.

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Ohangaron shahar sudida M. T. (1994 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan)ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq M. T. voyaga yetmagan S. X. (qiz bola, 2016 yilda tugʻilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandiga asosan M. T. oʻta xavfli retsidivist deb topildi.

M. T. tayinlangan jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda oʻtashi belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Avvalroq ikki marta sudlanib, jazodan qutulib qolgan shaxs 18 yilga qamaldi.

U 2018 yilda tugʻilgan qizning oʻlimida aybdor deb topilgan. Oʻta xavfli retsidivist avval ham nomusga tegish jinoyatini sodir etgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid