platina.uz
Jamiyat

Akmal Shukurovning jazosini yengillashtirgan sudya lavozimidan olindi

U yozma arizasiga binoan hamda "odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi" uchun ishdan ketgan. 

Akmal Shukurovning jazosini yengillashtirgan sudya lavozimidan olindi

Akmal Shukurov ishi boʻyicha jazoni yengillashtirgan sudya lavozimidan ozod etildi. Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Prezidentning 2025 yil 25 dekabrdagi farmoyishlariga muvofiq:

Mirzajonov Murodjon Kodirovich– yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 79-moddasi 1-qismining 2,10-bandlariga asosan sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari – jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek:

Gʻaniyev Farxodjon Boqijonovich ‒ sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari – jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisi lavozimidan ozod etildi.

Ababakirov Murodjon Abduqoxorovich ‒ sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Andijon viloyat sudi raisining oʻrinbosari ‒ jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, bir kishini urib komaga tushirgan Shukurov dastlab 8,1 yilga qamalgan va soʻngra jazo yengillashtirildi. Apellyatsiya sudi olti yillik qamoq jazosini belgiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid