Umid Shodiyev Turizm qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi
Uning oʻrnini Abdulaziz Oqqulov egalladi. U avval ham turizm sohasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Umid Shodiyev Turizm qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:
– Umid Rustamovich Shodiyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi;
– Abdulaziz Oʻrolboyevich Oqqulov Turizm qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Abdulaziz Oqqulov 1985 yilda tugʻilgan. 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005 yilda «Oʻzstandart» agentligida mutaxassis lavozimidan boshlagan.
2006–2017 yillarda «Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasida turli lavozimlarda ishlagan. 2017–2018 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, 2018 yilda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2018–2020 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2020–2021 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, BAAda elchi sifatida ham ishlagan.