Soʻnggi 126 yildagi eng kam tugʻilish: Yaponiya antirekordga yaqinlashdi
2025 yil oxirida tugʻilishlar soni 667 500 chaqaloqni tashkil qiladi, 2024 yilda esa bu koʻrsatkich 686 100 ta edi. Mamlakatning umumiy aholisi esa 126 mln kishidan koʻproqni tashkil etadi.

Yaponiyada tugʻilish darajasi 2025 yilga kelib 1899 yildan beri rekord darajada past boʻlishi kutilmoqda. Aynan 126 yil avval oʻshanda bunday statistika yuritila boshlangan edi.
Bu haqda Asahi gazetasi statistik maʼlumotlarga asoslangan holda xabar berdi.
Gazetaning prognoziga koʻra, 2025 yilda tugʻilish soni 667 500 chaqaloqni tashkil qiladi, 2024 yilda esa bu koʻrsatkich 686 100 ta edi.
2025 yil uchun rasmiy statistika 2026 yil iyun oyida kutilmoqda va xorijiy rezidentlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan dastlabki maʼlumotlar kelasi yilning fevral oyida eʼlon qilinadi.
Demografik vaziyat Aholi va ijtimoiy taʼminot tadqiqotlari milliy instituti tomonidan ilgari bashorat qilinganidan ancha yomonlashmoqda. Masalan, 2023 yilda 2025 yil uchun oʻrtacha prognoz 749 000 tugʻilishni tashkil etgan edi. Asahi gazetasi keltirgan taxmin hatto eng yomon ssenariydan ham ancha past, unda 681 000 bola tugʻilishi taxmin qilingan edi.
Aholi institutining oʻrtacha prognoziga koʻra, yiliga 666 000 tugʻilish darajasi faqat 2041 yilga kelib kutilgan edi.
Soʻnggi yillarda Yaponiyada tugʻilish darajasi rekord darajada past boʻlib, jamiyat qarib bormoqda. Bu mehnatga layoqatli aholining kamayishiga va ishchi kuchi yetishmasligiga olib kelmoqda.