platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston – Ozarbayjon doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

24 dekabr kuni boʻlib oʻtgan telefon muloqotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan muborakbod etdi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uni birlashtirish, barqaror taraqqiyotini taʼminlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Ozarbayjon doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Joriy Iqtisodiy kooperatsiya yilida birgalikda amalga oshirilgan ishlar unumli boʻlgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajada samarali muloqotlar va almashinuvlar davom etmoqda. Oʻzaro tovar ayirboshlash jadal surʼatlarda oʻsib bormoqda, “yoʻl xaritasi” asosidagi 20 ta ustuvor yoʻnalishdagi loyihalar faol pallaga kirgan.

Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar almashinuvlar dasturi amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, kelgusidagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid