platina.uz
Jamiyat

"Li Auto" avtomashinalari reklamasida qonunbuzilishi aniqlandi

Oqibatda isteʼmolchilarda chalgʻituvchi tasavvur shakllangan va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar asosida qaror qabul qilish xavfi paydo boʻlgan. 

"Li Auto" avtomashinalari reklamasida qonunbuzilishi aniqlandi

“Yas-Petrolium Trade” MChJga (“Li Auto” avtomashinalari reklamasida) qonunbuzilish holati yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllanildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

Qoʻmitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan monitoringlar natijasida “Li Auto New Energy Vehicles” MChJ faoliyatida reklama qonunchiligi talablariga rioya etilmaslik holati aniqlandi.

Xususan, kompaniyaning rasmiy telegram kanali va instagram sahifasida “Li Auto” ni rasmiy dileri ekanligi boʻyicha yolgʻon va chalgʻituvchi reklamalar joylashtirilganligi aniqlandi.

Buning natijasida isteʼmolchilarda chalgʻituvchi tasavvur shakllangan va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar asosida qaror qabul qilish ehtimoli vujudga kelgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Namangan viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Yas-Petrolium Trade” MChJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid