Qirgʻiziston elektr taqchilligi sabab 4,5 mlrd kVt/s energiya import qiladi
Mamlakatda iqtisodiyot va aholi sonining oʻsishi tufayli elektr energiyasiga boʻlgan talab oshgan. Elektr import qilinayotgan davlatlar ichida Oʻzbekiston ham bor.

Qirgʻiziston elektr taqchilligi sabab 4,5 mlrd kVt/soat energiya import qilmoqda.
Mamlakatda talab oshgani bois Qirgʻiziston qoʻshni davlatlardan, jumladan Oʻzbekistondan, elektr energiyasini import qilayotgani maʼlum qilindi.
Uning aytishicha, mamlakatda iqtisodiyot va aholi sonining oʻsishi tufayli elektr energiyasiga boʻlgan talab oshgan.
"Hozirda talab 19 milliard kilovatt-soatni tashkil etmoqda, biz esa bundan biroz kamroq yaʼni 14 milliarddan ziyod ishlab chiqaramiz. Shu sababli Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiyadan taxminan 4,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini import qilamiz. Bundan tashqari, birinchi 100 megavattli quyosh elektr stansiyasi dekabr oyida Kemin shahrida ishga tushiriladi", — dedi Kasimaliyev.
Deputatlar ayrim hududlarda aholining yaylov yerlarining energiya obʼektlari qurilishi uchun oʻzgartirilayotganidan norozi boʻlayotgani haqidagi savoliga javoban u quyidagilarni aytdi: agar yaylov yerlarining maqsadi bunday loyihalar uchun oʻzgartirilsa, barcha masalalar mahalliy hokimiyat bilan muhokama qilinadi.
"Tushunish kerakki, bu mahalliy byudjet uchun daromad keltiradi va aholiga foyda beradi. Sizni bu masalalarga tushunib yondashishga chaqiraman. Yerlarni oʻzgartirishga avval rozilik berib, keyin qarshi chiqish kerak emas", — deya qoʻshimcha qildi Adilbek Kasimaliyev.