platina.uz
Jamiyat

Nukusda soxta bank xodimi qoʻlga olindi

U ikki fuqaroga jami 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratib berishini aytgan. 

Nukusda soxta bank xodimi qoʻlga olindi

Nukus shahrida fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro H.K. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 2 nafar fuqaroga oʻzini goʻyoki bank xodimi sifatida tanishtirib, Toshkent shahrida ishlaydigan tanishlari yordamida fuqaro I.T.ga 1,2 mlrd soʻm va fuqaro M.B.ga 300 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratib berishini aytgan. Evaziga jami 48,4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid