platina.uz
Jahon

AQSh noqonuniy muhojirlarga 3 ming dollardan beradi

Mazkur qaror oʻz ixtiyori bilan mamlakatni tark etmoqchi boʻlganlarga tegishli. Avval bu miqdor ming dollar edi. 

AQSh noqonuniy muhojirlarga 3 ming dollardan beradi

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) yil oxiriga qadar mamlakatdan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishga rozi boʻlgan hujjatsiz immigrantlar uchun toʻlovlarning vaqtincha oshirilishini eʼlon qildi.

Bu haqda departamentining rasmiy bayonotida aytilgan.

Bayonotga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda SBP Home mobil ilovasi orqali ixtiyoriy ravishda deportatsiya uchun roʻyxatdan oʻtgan noqonuniy shaxslar 3000 dollar va uyga bepul samolyot chiptasini olishadi.

Bundan tashqari, dasturda ishtirok etish ularni immigratsiya qoidalarini buzganlik uchun fuqarolik jarimalari va jazolardan ozod qiladi.

DHS kotibi Kristi Noemning taʼkidlashicha, 2025 yil yanvaridan beri 1,9 million hujjatsiz immigrant mamlakatdan ixtiyoriy ravishda chiqib ketgan, ulardan oʻn minglabi SBP Home dasturidan foydalangan. Uning soʻzlariga koʻra, Rojdestvo bayramlari arafasida rasmiylar ixtiyoriy ravishda chiqib ketish uchun "ragʻbatlantirishni uch baravar oshirgan", ammo taklif faqat yil oxirigacha amal qiladi.

"Noqonuniy immigrantlar bu sovgʻadan foydalanishlari kerak. Aks holda, ular topiladi, hibsga olinadi, deportatsiya qilinadi va hech qachon qaytib kelmaydi", dedi Kristi Noem.

DHS SPB Home ilovasi orqali oʻzini deportatsiya qilish jarayoni tez va sodda ekanligini taʼkidladi: ilovani yuklab oling, maʼlumotlarni toʻldiring, shundan soʻng agentlik parvozni tashkil qiladi va xarajatlarni qoplaydi.

Departament belgilangan vaqt ichida dasturdan foydalanmaganlarni majburiy hibsga olish va deportatsiya qilish, shuningdek, Qoʻshma Shtatlarga kirishni doimiy ravishda taqiqlash bilan tahdid qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid