platina.uz
Jahon

Tramp oʻttizga yaqin elchilarni xorijdan chaqirib oladi

Bu qaysi davlatlardagi diplomatlarga tegishli ekani aytilmagan. Elchilar Bayden davrida lavozimga tayinlangan.   

Tramp oʻttizga yaqin elchilarni xorijdan chaqirib oladi

Tramp 30ga yaqin davlatdan elchilarni chaqirib oladi.

Associated Press (AP) agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti maʼmuriyati mamlakatning diplomatik strategiyasini oʻzgartirish uchun kamida 29 nafar elchini chaqirib olmoqda.

Agentlik manbasining aniqlik kiritishicha, diplomatlarning vakolat muddati 2026 yil yanvar oyida tugaydi.

Diplomatik missiyalar oʻtgan hafta kadrlardagi oʻzgarishlar haqida xabardor qilingan. AP agentligining aniqlik kiritishicha, barcha ketayotgan elchilar sobiq prezident Jo Bayden davrida lavozimlarni egallagan. AQShning yangi diplomatik strategiyasida Donald Trampning "Amerika birinchi oʻrinda" ustuvorliklarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydigan xodimlarni yollash koʻzda tutilgan.

Agentlikka koʻra, elchilar diplomatik lavozimlarini yoʻqotmaydilar, balki "agar xohlasalar, boshqa topshiriqlarni bajarish uchun Vashingtonga qaytishadi".

Davlat departamenti elchi "prezidentning shaxsiy vakili va prezident bu mamlakatlarda "Amerika birinchi oʻrinda" kun tartibini ilgari suradigan shaxslarning borligini taʼminlash vakolatiga ega".

Eslatib oʻtamiz, Tramp avvalroq oʻnlab mamlakatlar fuqarolariga viza berishni toʻxtatgandi. Shuningdek, grin-karta dasturiyam toʻxtatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid