platina.uz
Jamiyat

Toshkentda advokat 2 ming dollar bilan qoʻlga tushdi

U gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllamaslikni mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni vaʼda qilgan. 

Toshkentda advokat 2 ming dollar bilan qoʻlga tushdi

Advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda oʻtkazilgan.

Unda poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar hayʼatining muqaddam sudlangan advokati firibgarlik yoʻli bilan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tuman IIO FMB TB ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov davomida gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllamaslik masalasini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni vaʼda qilgan.

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Tojikistondan olib kelingan 100 kgdan ortiq narkotik modda toʻxtatib qolingandi.

Bulungʻurda yashovchi shaxslar giyohvand moddalarini kelgusida sotish maqsadida xufiya joyga yashirib qoʻygan.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid