Toshkentda 3,7 mingdan oshiq yer bilan bogʻliq qonunbuzarliklar aniqlandi
Yerga oid eng koʻp huquqbuzarlik poytaxtning Sergeli, Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Mirobod hamda Olmazor tumanlarida qayd etilgan.

Toshkentda kadastr xodimlari 3 721 ta yer bilan bogʻliq qonunbuzilishini aniqladi.
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi boʻlim xodimlari tomonidan 2025 yilning 11 oyida oʻtkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijalari eʼlon qilindi.
Unga koʻra, 3 721 ta holatda 55,75 gektar yerlar oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
Yerga oid eng koʻp huquqbuzarlik poytaxtimizning Sergeli, Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Mirobod hamda Olmazor tumanlarida qayd etilgan.
Berilgan yozma koʻrsatmalar, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 2 510 ta holatda 21,26 gektar yer qonunbuzilish holati fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishilgan.
Oʻz vaqtida bartaraf etilmagan holatlar yuzasidan yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni bartaraf etish boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan. Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan 33 ta ish hujjati oʻrnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga yuborilgan.
Yuqoridagi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi 937-son Qonuni talablariga mutanosib emas. Aynan shuning uchun ham ushbu joylarda yer va kadastr nazorati tadbirlari amalga oshirildi.