platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlari norasmiy sammitida ishtirok etdi

Uchrashuvda joriy yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlari norasmiy sammitida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdilar.

Uchrashuvda joriy yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro investitsiyalar oʻsishini ragʻbatlantirish va kooperatsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, energetika va raqamlashtirishda sheriklikni mustahkamlash, fan, taʼlim, madaniyat va sanʼat sohalarida qoʻshma loyihalarni kengaytirish, shuningdek, hududlar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Hamdoʻstlik mamlakatlari oʻrtasida madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, xususan, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid