platina.uz
Jahon

Samsung Galaxy S26 taqdimoti fevralda boʻlib oʻtadi

Noyabr oyida Android Headlines va OnLeaks Galaxy S26 Plus’ning CAD suratlarini va dizayn tafsilotlarini eʼlon qildi. 

Samsung Galaxy S26 taqdimoti fevralda boʻlib oʻtadi

Samsung Galaxy S26 smartfoni seriyasi taqdimoti fevralga koʻchirildi, savdo esa mart oyida boshlanishi kutilmoqda.

Galaxy S26 Edge modeli bekor qilingani ortidan yuzaga kelgan chalkashliklardan soʻng, yangi maʼlumotlarga koʻra Samsung Galaxy S26 seriyasi endi fevral oyida Galaxy Unpacked tadbirida namoyish etilishi, smartfonlar esa mart oyida savdoga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Samsung Galaxy S26 chiqarilish sanasi kechiktirildimi?

Ishonchli insayder Ice Universe X ijtimoiy tarmogʻida Samsung Galaxy S26 seriyasi Galaxy Unpacked tadbirida fevral oyida taqdim etilishi, smartfonlar esa mart oyida savdoga chiqarilishini maʼlum qildi. Ice Universe anchadan beri Samsung aynan mana shunday reja asosida ish tutishini aytib keladi.

Bungacha Koreyaning biznes va moliya sayti ChosunBiz noyabr oyida Samsung’dagi manbaga tayanib, kompaniya oʻzining dastlabki taqdimotini yanvar oxirida oʻtkazishini xabar qilgandi. Bu holda Galaxy S26 seriyasi fevral oyida sotuvga chiqarilishi — yaʼni Galaxy S25 bilan bir xil grafikda boʻlishi kerak edi.

Samsung Galaxy S26 aniq qachon chiqariladi?

Hozircha aniq sana haqida mish-mishlar yoʻq, biroq Samsung odatda smartfonlarini fevral oyida taqdim etishi odatiy hol.

Masalan, Galaxy S23 va Galaxy S22 —2022 2023 fevralda taqdim etilgan.

Galaxy S20 — fevral 2020 da taqdim etilib, mart oyida savdoga chiqqan. Galaxy S10 ham xuddi shunday boʻlgan.

Odatda Galaxy S seriyalari taqdimotdan ikki hafta oʻtib sotuvga chiqadi. Shunday ekan, agar Ice Universe maʼlumoti toʻgʻri boʻlsa, Galaxy S26 seriyasi fevral oxirida namoyish etilib, mart oyida savdoga chiqadi.

Nega Samsung Galaxy S26 chiqarilish sanasi kechiktirildi?

Ehtimol, bu kechikish emas, balki odatiy grafik oʻzgarishidir. Tarixan Samsung Galaxy S seriyasini odatda fevral oyida chiqaradi. Oldingi xabarlarda Samsung Galaxy S26 Edge modelini bekor qilgani, u Galaxy S26 Plus oʻrnini egallashi rejalashtirilgani va bu kechikish sabablaridan biri boʻlgani aytilgan edi.

Noyabr oyida Android Headlines va OnLeaks Galaxy S26 Plus’ning CAD suratlarini va dizayn tafsilotlarini eʼlon qildi. Maʼlumotlarga koʻra:

-Galaxy S26 Plus qalinligi — 7,35 mm

-Galaxy S25 Plus — 7,3 mm

-Galaxy S25 Edge — atigi 5,8 mm edi.

Hozircha Samsung Galaxy Edge brendida butunlay voz kechganmi yoki Galaxy S26 Edge modelini 2026 yil may oyida chiqarishni rejalashtiryaptimi — nomaʼlum.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid