Oʻzbekistonning FIFA reytingida oʻrni oʻzgarmadi
Reyting boshidan Ispaniya terma jamoasi oʻrin olgan. Undan soʻng Argentina va Fransiya joylashgan.

FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnida qolib, 50-pogʻonani band qilgan.
Shuningdek, milliy jamoa Osiyo jamoalari orasida 5-oʻrinni band etgan.
Reytingni Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Undan soʻng Argentina va Fransiya joylashgan. Xorvatiya kuchli oʻnlikni yakunlagan.
Osiyodan Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya termalari yaxshi natija koʻrsatgan.
San-Marino eeng soʻnggi pogʻona (210-oʻrin)ni egalladi.