platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning dezinformatsiyaga qarshi kurashi Turkiyada qiziqish uygʻotdi

Anqarada 24/7 rejimida monitoring qilib, asoslanmagan, feyk, manipulatsion maʼlumotni aniqlash va ishonchlisini taqdim etish boʻyicha yaratilgan, sunʼiy intelllektga integratsiya qilingan elektron tizim tanishtirildi.

Oʻzbekistonning dezinformatsiyaga qarshi kurashi Turkiyada qiziqish uygʻotdi

Joriy yilning 18-19 dekabr kunlari Turkiya Prezidenti huzuridagi kommunikatsiyalar Bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Anqara shahrida Turkiy dunyo davlatlari dezinformatsiyaga qarshi kurash forumi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston media sohasi masʼullari va vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi. Forumda Prezident administratsiyasi kommunikatsiyalar departamenti huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori Qobuljon Ahmedov dezinformatsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Oʻzbekistonning bu boradagi pozitsiyasi “nazorat emas, yoʻnaltirish, taqiqlash emas, oʻqitish, oʻrgatish” ekanligi taʼkidlandi. Ishtirokchi davlat vakillarida bu strategiya qiziqish uygʻotdi va ushbu yoʻnalishda tajriba almashish istagini bildirishdi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Turkiya Prezidenti huzuridagi kommunikatsiyalar Bosh boshqarmasi boshligʻi Burhoniddin Duran bilan tor doirada muloqot qildi. Uchrashuvda dezinformatsiyaga qarshi kurashishda ikki davlat hamkorligini kuchaytirish, mavjud imkoniyatlarni ishga solish masalasi muhokama qilindi va muhim kelishuvlarga erishildi.

Forum doirasida panel-sessiyalar ham tashkil etildi. Unda turkiy davlatlar delegatsiyasi vakillari dezinformatsiyaga qarshi kurashishning ahamiyatiga toʻxtalib, hamkorlikda yuqori natijalarga erishish boʻyicha takliflarni ilgari surdilar.

Tadbirning eng esda qolarli qismi Turkiya Prezidenti huzuridagi kommunikatsiyalar Bosh boshqarmasida tashkil etilgan dezinformatsiyaga qarshi kurashish markaziga tashrif boʻldi. Mehmonlarga barcha media manbalarni 24/7 rejimida monitoring qilib, asoslanmagan, feyk, manipulatsion maʼlumotni aniqlash va ishonchlisini taqdim etish boʻyicha yaratilgan, sunʼiy intelllektga integratsiya qilingan elektron tizim tanishtirildi.

Hamza Jumayev

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid