Energetika vazirligi metan zapravkalar boʻyicha bir-biriga zid bayonotlar berdi
Dastlab respublika boʻyicha barcha shoxobchalar 6 soatlik ish rejimida faoliyat yuritishi aytilgandi. Soʻngra Fargʻona vodiysi istisno ekani maʼlum qilingan.

Energetika vazirligi metan zapravkalar boʻyicha bir-biriga zid bayonotlar berdi.
Dastlab vazirlik rasmiy Telegram kanalida Soat 09:38 da “Bugun 22 dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar Respublika boʻyicha barcha “metan zapravkalar” odatdagi rejimda faoliyat yuritadi”, deb post joyladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda vodiy viloyatlarida hamon “zapravka”lar yopiqligi haqida xabarlar koʻpaygach, vazirlik soat 11:56 da qoʻshimcha xabar eʼlon qildi:
“Fargʻona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi”.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Oʻzbekiston boʻylab metan-zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritilgandi.