platina.uz
Jamiyat

Sariq va qizil ekostiker egalari ayrim hududlarga kirishda kompensatsiya toʻlaydi

Bu amaliyot ekologik jihatdan ogʻir hududlar uchun amal qiladi. 

Sariq va qizil ekostiker egalari ayrim hududlarga kirishda kompensatsiya toʻlaydi

Sariq va qizil ekostikerlarga ega boʻlgan transportlar kompensatsiya evaziga ekologik ogʻir hududlarga kirishi mumkin boʻladi. Bu haqda Platina.uz muxbiri xabar berdi.

Ularga aslida bunday hududlarga kirish mumkin boʻlmaydi. Ammo majburiy holatda, bu kompensatsiya evaziga amalga oshiriladi.

Ekologik ogʻir hududlarga kirish uchun sariq stiker egalari BHMning bir baravari, qizillar esa BHMning 3 baravari miqdorida kompensatsiya toʻlaydi.

Bu kompensatsiya bir yil davomida amal qiladi.

Avvalroq ekostikerlarni berish tekin boʻlishi xabar berilgandi.

Lekin bir yil ichida transport sotilsa, stikerga zarar yetsa va boshqa holatlarda xizmat pullik boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid