platina.uz
Jamiyat

Saida Mirziyoyeva “The Walt Disney Company” vitse-prezidenti bilan uchrashdi

 Oʻzbekistonda "Disney"ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ochilishi mumkin. 

Saida Mirziyoyeva “The Walt Disney Company” vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “The Walt Disney Company” kompaniyasining vitse-prezidenti, "Emmi" mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Maqsad — Oʻzbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish boʻyicha mintaqaviy markazga aylantirish:

- Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlash koʻzda tutilgan.

Oʻzbekistonda "Disney"ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti toʻliq oʻzbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirildi.

Xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan “Cinema Park” kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan "Disneyland" tematik bogʻini barpo etish gʻoyasi ham bor.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid