Prezident Yaponiya bosh vaziri rasmiy qabulida ishtirok etdi
Yaponiya hukumati rahbari bilan muzokaralar va boshqa asosiy tadbirlar 20 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tokioga tashrifning birinchi kuni yakunida Oʻzbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Akasaka saroyida Yaponiya Bosh vaziri nomidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sharafiga oʻtkazilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston yetakchisini Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi kutib oldi.

Tadbirda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Davlatimiz rahbarining Yaponiya hukumati rahbari bilan muzokaralari hamda "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga, 20 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.