platina.uz
Jamiyat

Navoiy davlat universiteti mansabdori ushlandi

U OTM binosini taʼmirlagan MChJdan taʼmagirlik yoʻli bilan 35 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Navoiy davlat universiteti mansabdori ushlandi

Universitetning mansabdor xodimi pora bilan ushlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Jumladan, Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi ushbu taʼlim dargohining oʻquv xonalarini taʼmirlab bergan masʼuliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan 189 mln soʻm pul mablagʻini MChJ hisob raqamiga oʻtkazib berish evaziga taʼmagirlik yoʻli bilan 35 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, mazkur mansabdor shaxs muqaddam sudlangan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid