Malikaxon Qalandarova Oliy sud raisi oʻrinbosari etib saylandi
U avval Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimi ishlagan.

Malikaxon Qalandarova Oliy sud raisining oʻrinbosari etib saylandi.
Bugun boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senati 12-yalpi majlisi qarori bilan Kalandarova Malikaxon Pirnazarovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi aʼzosi – Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Malikaxon Kalandarova faoliyatida nazariya va amaliyotni uygʻun tarzda olib borayotgan tizim vakilasi. Oʻn uch yillik sudyalik tajribasiga ega. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent. Xalqaro ayol sudyalar assotsiatsiyasi aʼzosi.