Iqtisodiyot va moliya vazirining neft va gaz masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etildi
Platina.uz manbasiga koʻra, ushbu vazifani Xurshid Mustafayev bajaradi.

Iqtisodiyot va moliya vazirining neft va gaz masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy qilindi.
Maqsad — sohada boshqaruvni kuchaytirish, tizimli islohotlarni amalga oshirish ekani taʼkidlangan.
Platina.uz manbasiga koʻra, ushbu vazifani vazir oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Xurshid Mustafayev bajaradi.
Mustafayev 1981 yilda Buxoroda tugʻilgan, millati oʻzbek. U oliy maʼlumotga ega, 2002 yilda Toshkent moliya institutini, 2009 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini va 2014 yilda Ritsumeikan universitetini tamomlagan.