Ikki qizni Tailandga fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi
Ushbu jinoiy harakat hozirda xorijda boʻlgan 20 yoshli fuqaro tomonidan tashkillashtirilgan.

Odam savdosiga chek qoʻyildi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Jumladan, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. S.N. 2 nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qoʻlga olindi.
Shuningdek, ushbu jinoiy harakat hozirda Tailand davlatida boʻlgan, 2005 y.t. F.A. tomonidan tashkillashtirilganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “ye”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avval Toshkent, Samarqand va Gulistonda advokatlar qoʻlga olingandi.