Eski avtomobillarni yangisiga almashtirish uchun kredit va subsidiyalar beriladi
Bu 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan mashinalar uchun amal qiladi.

Aholiga eski avtomobillarini almashtirish uchun kredit va subsidiyalar beriladi. Bu haqda ekostikerlar boʻyicha tadbirda maʼlumot berildi.
Eski avtomobil egalariga davlatning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlovi haqida maʼlumot berildi.
Ekostikerlar joriy etilgach aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan, ekologik talablarga javob bermaydigan avtomobil egalariga mashinani yangilab olish uchun subsidiya va imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etiladi.
Eslatib oʻtamiz, avval sariq va qizil ekostiker egalari ayrim hududlarga kirishda kompensatsiya toʻlashi maʼlum boʻlgandi.
Bu amaliyot ekologik jihatdan ogʻir hududlar uchun amal qiladi.
