platina.uz
Maqola

Coca-Cola dunyoni qanday zabt etdi?

Sayyoramizdagi deyarli har toʻrt kishidan biri har kuni Coca-Cola mahsulotini sotib oladi va bu kompaniya uchun yillik 40 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi.

Coca-Cola dunyoni qanday zabt etdi?
Fotokollaj: Platina.uz

Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari bir kompaniya oʻz mahsulotining reklamasini kuchaytiradi. Shu darajada qilib kelyaptiki, hatto Yangi yil deganda, umuman bayram va taomlanish deganda Coca-Cola koʻz oldimizga gavdalanadigan boʻlib qolgan.

Bir paytlar giyohvandlikka qarshi vosita sifatida sotilgan ichimlik qanday qilib dunyoni zabt etdi va eng taniqli brendlardan biriga aylandi? Coca-Cola muvaffaqiyatining siri nimada?

Hammasi qanday boshlangan?

Bir oz tarixga nazar solsak. Coca-Cola 1886 yilda Amerika fuqarolar urushi faxriysi Jon Pembleton tomonidan tashkil etilgan. Yaralanganidan soʻng, u morfinga qaram boʻlib qoldi va uning oʻrnini bosuvchi vosita topishga qaror qildi. Mariani koka bargi sharobining muvaffaqiyatidan ilhomlanib, Pembleton ichimlikka kola – kofeinli Afrika yongʻogʻini qoʻshishga qaror qildi. Aynan oʻshanda dunyoga mashhur Coca-Cola paydo boʻldi.

Birinchi yilida kuniga atigi toʻqqiz shisha kola sotilgan, ammo bugungi kunda Coca-Cola kompaniyasi barcha shuʼba korxonalarini qoʻshib hisoblaganda kuniga qariyb 2 milliard ichimlik sotadi. Bu shuni anglatadiki, sayyoramizdagi deyarli har toʻrt kishidan biri har kuni Coca-Cola mahsulotini sotib oladi va bu kompaniya uchun yillik 40 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi.

Hozirda Coca-Cola kompaniyasi dunyodagi eng mashhur beshta ichimlikdan uchtasiga va butun gazlangan ichimliklar bozorining yarmiga egalik qiladi.

Sir nimada?

Koka-kola bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? Oddiy javob – marketing! Coca-Cola umumiy daromadining taxminan 10 foizini reklamaga sarflaydi, bu esa yiliga taxminan 4 milliard dollarni tashkil etadi. Bunday katta byudjet tajriba oʻtkazish va eng ijodiy gʻoyalarni amalga oshirish imkonini beradi, yana bir bor yaxshi marketingning kuchini namoyish etadi va uning eng taniqli ichimlik maqomini tasdiqlaydi.

Bugunga kelib, kompaniyaning qizil va oq logotipi dunyo aholisining 94 foiziga maʼlum va "Coca-Cola" soʻzi dunyodagi eng tushunarli soʻz sifatida "Okey" soʻzidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi!

Xoʻsh, buning siri nimada? Bu juda oddiy: biz miyamizni brendni gazlangan ichimlik bilan emas, balki yoqimli his-tuygʻular, tabassum, doʻstlar bilan dam olish yoki bayram bilan bogʻlashga majburlashimiz kerak. Va biz bunga juda muvaffaqiyatli reklama kampaniyalari orqali erishdik.

“Bayram biz tomon yelmoqda!”

Coca-Cola’ning eng katta yutugʻi – Yangi yil va Milod bayramini oʻziniki qilib olgani boʻldi. Bu davr esa Gʻarbda, umuman butun dunyoda odamlar xaridlar va sovgʻalar uchun ulkan pul sarflaydigan mavsum – ayni xazinaning oʻzi. “Yangi yil – Coca-Cola’ga teng” degan assotsiatsiyani yaratish kompaniyaning marketing yutuqlaridan biridir. Va Qorbobo (Santa Klaus) bu voqeada deyarli yuz yil oldin hal qiluvchi rol oʻynagan.

Coca-Cola’dan oldin Santa Klaus bugungi kunda mavjud boʻlgan yagona oʻrnatilgan imijga ega emas edi. Ha, u ilgari koʻpincha uzun boʻyli, soqolli chol sifatida tasvirlangan, ammo aynan Coca-Cola unga Milod va Yangi yil reklama kampaniyalari orqali oʻz brendm ranglari – qizil va oq paltosini bergan. Taxminan bir vaqtning oʻzida mashhur oq ayiqlar paydo boʻldi, ular Santa Klaus bilan birga ikkita muhim maqsadga xizmat qildi: ular butun oilaga qaratilgan edi va brend bilan bayram va qulaylik hissi oʻrtasida kuchli bogʻliqlik yaratdi.

Ammo Coca-Cola’ning Yangi yil reklamasining eng yuqori choʻqqisi, albatta, ularning mashhur yuk mashinasi edi.

Ushbu kampaniyaning maqsadi Coca-Cola aytmagunicha, Yangi yil yoki Milod bayrami boshlanmaydi degan tuygʻuni yaratish edi. 1990- va 2000-yillarda MDHda televizor koʻrgan har bir kishi brend va bayram oʻrtasida uzviy bogʻliqlikni rivojlantirdi. Va bu reklamaning asosiy sirini namoyish etadi – ichimlik emas, balki his-tuygʻularni sotish.

“Kola bilan ulashing”

Noyob marketing yondashuvining ikkinchi yorqin namunasi – bu "Kola bilan ulashing" (“Share a Coke”) kampaniyasidir. Asosiy gʻoya shishadagi Coca-Cola logotipini mintaqadagi eng keng tarqalgan nomlar bilan almashtirish edi. Bu yondashuv brendga mijozlar bilan shaxsiy darajada bogʻlanish imkonini berdi. Axir, Kola idishida oʻz ismingizni koʻrish hatto eng ijodiy shiordan ham ancha kuchliroq aks-sado beradi. Shunday qilib, mahsulot oʻzingizgasotib olish uchun emas, balki boshqa birovga sotib olish uchun sotib oladigan narsa sifatida sotila boshlandi. Aytaylik, Abdulloh ismi yozilgan Kolani koʻrsangiz, shunday ismli doʻstingiz boʻlsa, uni xursand qilish uchun sotib olishga ishtiyoqingiz oshadi.

Dastlabki mazkur kampaniya yozda Avstraliyada boshlandi va katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu yerda 23 million aholini qamrab olgan "Kola bilan ulashing" kampaniyasi davomida har kuni 250 million shisha sotilgan.

Koʻp oʻtmay, kampaniya butun dunyo boʻylab tarqaldi va "Ona", "Dadam" va "Doʻstlar", “Ulfatlar” yorliqlari bilan 17 000 xil nom ishlatilgan. Bundan tashqari, veb-sayt dizayneri yordamida maxsus shishalar yaratish imkoniyati qoʻshildi.

“Share a Coke” kampaniyasining muvaffaqiyati uning reklama kampaniyasini oʻziga xoslik orqali qurishda yotadi. Oʻz ismingizni qadoqda koʻrishdan koʻra shaxsiyroq boʻlgan narsani tasavvur qilish qiyin. Bu xuddi bitta qisqa soʻzda ifodalangan barmoq izi, bizning shaxsiyatimizga oʻxshaydi. Isteʼmolchilar brend yonida juda tanish narsani koʻrganda, kuchli hissiy aloqa yaratiladi.

Sir – marketingda!

Coca-Cola kompaniyasi yiliga milliardlab dollarlarni reklamaga, eng ijodiy gʻoyalarni sinab koʻrishga va amalga oshirishga sarflaydi. Har bir reklama kampaniyasi ham katta muvaffaqiyat emas, lekin chinakam muvaffaqiyatsizlikka uchraganini topish ham qiyin. Va bu saʼy-harakatlarning barchasi miyamizni ushbu brendni nafaqat gazlangan ichimlik bilan, balki undan ham koʻproq narsa bilan uygʻun holda koʻrishga undashga qaratilgan: doʻstlar yoki oila aʼzolari bilan uchrashuvlar, dam olish yoki hatto oʻzimiz bilan, xuddi “Share a Coke” kampaniyasida boʻlgani kabi hislar uygʻotadi.

Va bu yondashuv, albatta, oʻzini oqlamoqda. Coca-Cola nafaqat mahsulotni, balki hissiyotni sotish orqali, hatto alkogolsiz ichimliklar bozori kabi raqobatbardosh sohada muvaffaqiyatga erishish mumkinligini koʻrsatadi. Kompaniya shu qadar keng miqyosda muvaffaqiyatga erishdiki, endi u boshqa brendlarga ham xuddi shunday madaniy ahamiyatga va miqyosga erishishda yordam bera oladi.

McDonald’s rahbari Amerikadagi eng yirik tez ovqatlanish tarmogʻiga aylanishga intilib, 1955 yilda Coca-Cola bilan hamkorlik oʻrnatish uchun murojaat qildi. Dastlabki kunlarda McDonald’s oʻzining ishga tushirilishi uchun Coca-Cola ofislaridan foydalangan va hozirda tez ovqatlanish tarmogʻi Coca-Cola’ning eng yirik mijozidir.

Ayni kunlarda Coca-Cola kapitallashuv darajasi boʻyicha ham peshqadam:

  • Starbucks (qahva) kapitallashuvi – 98,6 mlrd dollar;
  • Pepsi (salqin ichimliklar) – 204 mlrd dollar;
  • Budweiser (pivo va salqin ichimliklar) – 127 mlrd dollar;
  • Coca-Cola kapitallashuv miqdori esa – 303 mlrd dollar!

Abulfayz Sayidasqarov

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid