platina.uz
Jahon

AQSh "grin karta" dasturini toʻxtatib qoʻydi

Bunga Braun universitetidagi otishma sabab boʻlgan. Hodisada oʻzbekistonlik talaba halok boʻlgandi.  

AQSh "grin karta" dasturini toʻxtatib qoʻydi

AQSh rasmiylari "grin karta" lotereya dasturini toʻxtatib qoʻymoqda, deb eʼlon qildi AQSh Ichki xavfsizlik kotibi Kristi Noem.

Uning soʻzlariga koʻra, bunga sabab Braun universitetidagi otishmada gumonlanuvchi mamlakatga ushbu dastur orqali kelgan.

"Prezident Trampning koʻrsatmasi bilan men darhol USCISga (AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatlari) amerikaliklarga ushbu dasturdan endi zarar yetkazmasliklarini taʼminlash uchun DV1 dasturini toʻxtatib qoʻyishni buyuraman", deb yozdi u X ijtimoiy media platformasida.

Braun universitetidagi otishmada ikki talaba halok boʻldi va yana bir necha kishi jarohat oldi.

Qurbonlardan biri oʻzbekistonlik talaba sanaladi.

Eslatib oʻtamiz, har yili kuzda oʻtkaziladigan dastur bu yil dekabrga kelib ham ochilmadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid