platina.uz
Jamiyat

Akmal Shukurov ishini koʻrgan sudyalarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Dastlab 8,1 yilga qamalgan sudlanuvchi apellyatsiya sudida ozod etilgandi. 

Akmal Shukurov ishini koʻrgan sudyalarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Dastlab 8 yilga qamalib, soʻng jazosi yengillashtirilgan Akmal Shukurov ishini koʻrgan sudyalarga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab boʻlgan A. Shukurovga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida koʻrilib chiqilishi bilan bogʻliq holatlarga oydinlik kiritish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Xizmat tekshiruvi Sudyalar oliy kengashi tomonidan oʻtkazilmoqda.

Natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.

Dastlab 8,1 yilga qamalgan sudlanuvchi apellyatsiya sudida ozod etilgandi. Soʻngra Toshkent shahar sudida 6 yillik jazo tayinlandi.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid