platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Davlat rahbarining Yaponiyaga tashrifi oʻzbekistonlik vatandoshlar bilan uchrashuvdan boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18 dekabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahriga yetib bordi.

“Xaneda” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan suhbatlashdi.

Davlat rahbari vatandoshlarimizga ishi va oʻqishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, tashrifning asosiy tadbirlari 19-20 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi va boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid