platina.uz
Jamiyat

Professor Oybek Yaqubjanov vafot etdi

U Prezident maslahatchisi oʻrinbosari, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti rektori kabi lavozimlarda ishlagan. 

Professor Oybek Yaqubjanov vafot etdi

Andijon viloyati agrar sohasi rivojiga hissa qoʻshgan taniqli olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor Oybek Yaqubjanov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar berdi.

Oybek Yaqubjanov uzoq yillar davomida qishloq xoʻjaligi va agrosanoat tizimida samarali faoliyat olib bordi.

Marhum faoliyati davomida Oʻzbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti rektori, shuningdek, qator masʼul rahbarlik va ilmiy lavozimlarda ishlagan.

Professor Oybek Yaqubjanov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida koʻplab shogirdlar tayyorlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid