platina.uz
Jamiyat

Lazer nuridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik belgilanadi

Samolyotlarning uchishi yoki qoʻnishi paytida ularning ekipajiga lazer nurlarini yoʻnaltirilishi qoʻnish yoki parvoz jarayonida ekipaj diqqatini chalgʻitib, halokat xavfini oshiradi. 

Lazer nuridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik belgilanadi

Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi.

Senatning oʻn ikkinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun muhokama etildi.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda jahonda texnologiya rivojlanishi bilan turli elektron uskunalar, jumladan, portativ lazerli nur tarqatgichlar ham keng ommalashmoqda. Bu qurilmalar arzon, oson yetib boriladigan va koʻp hollarda koʻngilochar yoki taʼlim maqsadlarida ishlatiladi.

Biroq ulardan noqonuniy yoki nomuvofiq foydalanilishi jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

Xususan, samolyotlarning uchishi yoki qoʻnishi paytida ularning ekipajiga lazer nurlarini yoʻnaltirilishi qoʻnish yoki parvoz jarayonida ekipaj diqqatini chalgʻitib, halokat xavfini oshiradi.

Bundan tashqari, jamoat xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga lazer nurlarini yoʻnaltirilishi natijasida koʻzning vaqtincha koʻrmay qolishiga, bu esa sodir boʻlishi mumkin boʻlgan tartibsizliklarning oldini olishda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Koʻpgina xorijiy davlatlarda lazer qurilmalarining foydalanishini cheklovchi va nazorat qiluvchi qonunlar qabul qilingan.

Mamlakatimizda ham jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu turdagi qurilmalarni nazorat qilish, ularni litsenziyalash va noqonuniy foydalanish holatlarini jazolash boʻyicha choralar qatorida mazkur Qonun qabul qilinmoqda.

Qonun bilan amaldagi qonunchilikka mahalla huquq-tartibot maskanlarining hamda tayanch punktlarining tarkibini, ularda xizmat qiluvchi inspektorlarning vakolatlarini aniqlashtirishga, patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan maʼmuriy bayonnomalarni koʻrib chiqish hamda jazo chorasini qoʻllash vakolatiga ega shaxslarni aniqlashga, shuningdek portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash ishlari samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid