platina.uz
Jamiyat

Konstitutsiyaviy sudning ayrim xodimlari ikki oylik maosh miqdorida ragʻbatlantiriladi

Vazirlar Mahkamasi 2026 yil 1 martga qadar Konstitutsiyaviy sudni alohida binoda joylashtirish, uni rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutuvchi qarorni qabul qiladi. 

Konstitutsiyaviy sudning ayrim xodimlari ikki oylik maosh miqdorida ragʻbatlantiriladi

Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida" farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishning ustuvor maqsadlari etib belgilandi:

(a) fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish, ularning buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash imkoniyatlarini kengaytirish;

(b) fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari (shikoyatlari)ni koʻrib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlar va ovoragarchiliklarni bartaraf etish;

(v) Konstitutsiyaviy sud vakolatlarini kengaytirish orqali ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan taʼsirchan konstitutsiyaviy nazorat oʻrnatish;

(g) konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali Konstitutsiyaviy sud faoliyatida shaffoflikni oshirish.

Oliy Majlis palatalari va Konstitutsiyaviy sudning quyidagi takliflari maʼqullandi:

- Axborotda qayd etilgan taklif va tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chora-tadbirlar rejasini Oliy Majlis palatalari kengashlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash hamda uning amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatish;

-masʼul davlat organlari tomonidan Oliy Majlis palatalari kengashlari tasdiqlagan chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan belgilangan muddatlarda Oliy Majlis palatalari va Konstitutsiyaviy sudga axborot kiritish.

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Konstitutsiyaviy sud xodimlarining mehnatga haq toʻlash fondiga quyidagilar kiritiladi:

(a) oʻz xizmat vazifasini vijdonan bajarayotgan hamda alohida muhim ishlarni amalga oshirayotgan xodimlarni ikki oylik lavozim maoshi miqdorida (alohida mehnat sharoitlari inobatga olingan holda) mukofotlash;

(b) lavozim maoshining bir baravari miqdorida (alohida mehnat sharoitlari inobatga olingan holda) yilda bir marotaba moddiy yordam puli;

(v) lavozim maoshining 15 foizi miqdoridagi (alohida mehnat sharoitlari, malaka darajasi va mansab darajasi uchun qoʻshimcha haq hamda mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti inobatga olingan holda) moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mablagʻlari.

Vazirlar Mahkamasi 2026 yil 1 martga qadar Konstitutsiyaviy sudni alohida binoda joylashtirish, uni rekonstruksiya qilish va jihozlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid