platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi

Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sanae Takaichi, Parlament rahbariyati, hukumat aʼzolari va boshqalar bilan uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. 

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sanae Takaichi, Parlament rahbariyati, hukumat aʼzolari, siyosiy partiyalar vakillari va yetakchi universitetlar rektorlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Kun tartibidan Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish hamda rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvlar va tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda investitsiya loyihalarini ilgari surish masalalari atroflicha muhokama qilinadi. Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti, shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi. Tadbir doirasida “yashil iqtisodiyot” va barqaror taraqqiyot, oʻzaro bogʻliqlik va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash hamda inson resurslarini rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Sammit yakunlari boʻyicha Tokio deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid