Sergeli va Yunusobod hokimlari lavozimidan ketdi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi. Ularning ishdan ketish sabablari nomaʼlum.

Toshkentning 2 ta – Sergeli va Yunusobod tumanlari hokimlari lavozimidan ketgan. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov boshqa ishga oʻtgani uchun lavozimidan ozod etilgan. U 2020 yilda ushbu lavozimga tayinlangandi.
Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev ham ishdan ketgan. U 2022 yil boshida tayinlangandi. Uning boʻshatilishi kechagi prezident tashrifi bilan bogʻlanmoqda.