Qoʻqonlik tabib Iqbol Soliyev qamaldi
Unga xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish aybi bilan maʼmuriy jazo berildi.

Qoʻqonlik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Fargʻona viloyati sudlari xabar berdi.
Bu haqda Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining 2025 yil 17 dekabrdagi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, xalq tabobati bilan shugʻullanuvchi fuqaro Iqbol Soliyev (1971 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan) Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 59-5-moddasi (xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.
Sudning qaroriga koʻra Iqbol Soliyevga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi.
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Fargʻona viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.
Maʼlumot uchun: fuqaro Soliyev 2025 yil 10 yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining qaroriga muvofiq Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 59-5-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga BHMning 20 baravari miqdorida maʼmuriy jarima solingan edi.